O‘zbekistonda 2023-yil noyabr oyidan buyon ko‘pxotinlilikni targ‘ib qilgan 14 nafar shaxs ma’muriy javobgarlikka tortildi, 7 nafar shaxs esa jins bo‘yicha kamsitishni targ‘ib qilgani uchun javobgarlikka tortildi.
O‘zbekistonda ko‘p xotinlikni targ‘ib qilish BHMning 30 baravarigacha (9,9 mln so‘mgacha) jarima yoki 15 sutkagacha qamoq bilan jazolanadigan bo‘ldi. Shuningdek, jins bo‘yicha kamsitishni targ‘ib qilish va jamoat joylarida yuzni tanib bo‘lmas darajada berkitish ham javobgarlikka sabab bo‘ladi.
Senatorlar jamoat joylarida tanish imkonini bermaydigan darajada yuzni to‘sganlik uchun javobgarlik ko‘zda tutilgan qonunni ma’qulladi. Shu bilan birga, qonun bilan jamoat joylarida ibodat liboslarida yurganlik uchun belgilangan ma’muriy javobgarlik bekor qilinmoqda.
Qonunchilik palatasi deputatlari tomonidan ko‘p xotinlikni targ‘ib qilganlik, xotin-qizlar va erkaklar teng huquqliligini ochiqdan-ochiq inkor etganlik, shuningdek, jamoat joylarida shaxsini tanish imkonini bermaydigan darajada yuzni to‘sganlik uchun javobgarlik ko‘zda tutilgan qonun loyihasi qabul qilindi.
Qonunchilik palatasi majlisida diniy rasm-rusumlarga ko‘ra tuzilgan nikohlar soni va buning ortidan ko‘p xotinlik ortayotgani bildirildi. Shuningdek, qonuniy nikohsiz tug‘ilgan bolalar soni ham oshgan. 2020-yilda 16 564 ta shunday holat qayd etilgan bo‘lsa, 2022-yilda raqamlar 18 955 taga yetgan.
Qarshi shahrida 21 yoshli yigit 2004 va 2006-yillarda tug‘ilgan qizlar bilan umumiy ro‘zg‘or asosida er-xotin bo‘lib yashab kelgani uchun 4 yil muddatga ozodlikni cheklash jazosiga hukm qilindi.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting